Kompaniyamiz xavfli yuklarni Xavfli yuklarni havo transportida xavfsiz tashish bo‘yicha texnik yo‘riqnoma, ICAO (Doc.9284) va Dangerous Goods Regulations IATA talablariga muvofiq tashiydi.
Quyidagi sinflarga mansub xavfli yuklar tashishga qabul qilinadi:
1-sinf - portlovchi moddalar;
2-sinf - bosim ostida siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlar;
3-sinf – oson alangalanadigan suyuqliklar;
4-sinf – oson alangalanadigan qattiq moddalar;
5-sinf - oksidlovchi moddalar, organik peroksidlar;
6-sinf - zaharli va infeksion moddalar;
7-sinf - radioaktiv materiallar (alohida kelishuv talab qilinadi);
8-sinf - korrozion moddalar;
9-sinf - boshqa xavfli moddalar.
Professional jamoa yuklaringiz quyidagi xavf turlari hisobga olingan holda yuqori sifatda tashilishini ta’minlaydi:
portlash xavfi;
yong‘in xavfi;
zaharlilik (toksiklik);
o‘yuvchanlik (korrozion);
radioaktivlik;
oksidlanish (yonishga olib keluvchi xususiyat).
Xizmat kerakmi yoki savollar paydo bo'ldimi?
FAQ