myFreighter logo
AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarYangiliklarKontaktlar
MyFreighter

O‘z tovarlaringizni biz orqali yetkazishni boshlang!

Kompaniya

AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarFAQBiz bilan bog‘lanishVakansiyalar
Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiTashish shartnomasi

Biz bilan bog‘lanish

addressBuyuk Ipak yo‘li shoh ko‘chasi 262, 100123, Toshkent sh.
phone+998 55 518 88 88
email
Havo yuk tashish:cargo.sales@centrum-air.com
Maxsus charterlar:cargo@centrum-air.com

© 2026 My Freighter. Barcha huquqlar himoyalangan

  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. Centrum Holding O‘zbekiston Prezidentining AQSHga tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik dasturida ishtirok etdi
centrum-holding-ozbekiston-prezidenti-ssha-tashrifi-doirasida-ishbilarmonlik-dasturida-ishtirok

Centrum Holding O‘zbekiston Prezidentining AQSHga tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik dasturida ishtirok etdi

23 Fevral 2026

share

Jo'natmoq

Centrum Holding vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi va qo‘shma investitsiya loyihalari taqdimotida ishtirok etishdi.

Uchrashuvda AQSH davlat organlari, moliya institutlari va ishbilarmon doiralari vakillari, shuningdek, yetakchi xalqaro kompaniya va tashkilotlar rahbarlari qatnashdi. Tadbir iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, infratuzilmaviy va strategik tashabbuslarni rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Kompaniyaning ommaviy kapital bozorlariga chiqishga tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda aksiyalarning 30 foizigacha bo‘lgan qismini erkin muomalaga chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, jalb qilingan mablag‘lar infratuzilmani modernizatsiya qilish, operatsion quvvatlarni kengaytirish va flotni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 2029-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga muvofiq, xolding 100 tagacha havo kemasidan iborat parkni shakllantirishni rejalashtirmoqda.


Loyihaning strategik maslahatchilari va anderrayterlari sifatida Citibank bilan hamkorlikda Oppenheimer & Co. kompaniyasi ishtirok etmoqda. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirish va investitsiyaviy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish niyatini tasdiqladilar.

Centrum Holding aviatsiya, yuk va yer usti logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda mamlakatning transport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan investitsiya dasturini amalga oshirishni davom ettiradi.




instagram

Barcha so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Instagram sahifamizga obuna bo'ling.