myFreighter logo
AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarYangiliklarKontaktlar
MyFreighter

O‘z tovarlaringizni biz orqali yetkazishni boshlang!

Kompaniya

AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarFAQBiz bilan bog‘lanishVakansiyalarYangiliklar
Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiTashish shartnomasi

Biz bilan bog‘lanish

addressBuyuk Ipak yo‘li shoh ko‘chasi 262, 100123, Toshkent sh.
phone+998 55 518 88 88
email
Havo yuk tashish:cargo.sales@centrum-air.com
Maxsus charterlar:cargo@centrum-air.com

© 2026 My Freighter. Barcha huquqlar himoyalangan

  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. Parkimizdagi 10-samolyotni kutib olamiz: Boeing 767 «Abdulla Qodiriy»
my-freighter-boeing-767-abdulla-qodiriy

Parkimizdagi 10-samolyotni kutib olamiz: Boeing 767 «Abdulla Qodiriy»

17 Aprel 2026

share

Jo'natmoq

17-aprel kuni O‘zbekistonning My Freighter xususiy yuk aviakompaniyasi floti yangi Boeing 767 havo kemasi bilan boyidi. Bu parkdagi 10-samolyot bo‘ldi.

Aprel oyida yetib kelgan yangi havo kemasiga o‘zbek xalqining buyuk siymosi – tavallud ayyomi aynan shu oyga to‘g‘ri keladigan Abdulla Qodiriy nomi berildi. Shu tariqa kompaniya havo kemalariga O‘zbekistonning taniqli tarixiy shaxslari nomini berish an’anasini ramziy ma’noda davom ettirmoqda.

Abdulla Qodiriy – zamonaviy o‘zbek adabiyoti asoschilaridan biri, yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi. U o‘zbek adabiyoti klassikasi hisoblangan "O‘tkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlari bilan shuhrat qozongan. 

Qodiriy o‘z asarlarida milliy o‘zlik, ma’rifat va ijtimoiy rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratib, mamlakat madaniy tarixida o‘chmas iz qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Centrum Air mazkur tashabbusni 9-aprel – buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kunda ilk samolyotga uning nomini berish bilan boshlagan edi.

Bort raqami UK67022 bo‘lgan yangi Boeing 767 ishga tushirilishi bilan aviakompaniyalarning umumiy parki 26 ta samolyotga yetdi.

instagram

Barcha so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Instagram sahifamizga obuna bo'ling.