myFreighter logo
AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarYangiliklarBlogKontaktlar
+998 55 518 88 88
MyFreighter

O‘z tovarlaringizni biz orqali yetkazishni boshlang!

Kompaniya

AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarFAQBiz bilan bog‘lanishVakansiyalarYangiliklarBlog
Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati

Biz bilan bog‘lanish

addressBuyuk Ipak yo‘li shoh ko‘chasi 262, 100123, Toshkent sh.
phone+998 55 518 88 88
email
Havo yuk tashish:cargo.sales@centrum-air.com
Maxsus charterlar:cargo@centrum-air.com

© 2026 My Freighter. Barcha huquqlar himoyalangan

  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. My Freighter Buyuk Britaniyaga yuk tashish uchun ruxsat oldi
my-freighter-buyuk-britaniyaga-yuk-reyslarini-amalga-oshirishga-ruxsat-oldi

My Freighter Buyuk Britaniyaga yuk tashish uchun ruxsat oldi

14 Oktyabr 2026

share

Jo'natmoq

Centrum Holding tarkibiga kiruvchi My Freighter aviakompaniyasi Buyuk Britaniya Transport vazirligidan (UK Department for Transport) ACC3 maqomini oldi. Ushbu maqom kompaniyaning yuklar xavfsizligini ta’minlash tartib-qoidalari Britaniya aviatsiya xavfsizligi standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi hamda Buyuk Britaniyaga rasman yuk tashish huquqini beradi.

ACC3 (Air Cargo or Mail Carrier operating into the UK from a Third Country Airport) — Buyuk Britaniyaga mamlakat tashqarisidagi aeroportlardan yuk va pochta tashuvchi aviakompaniyalar uchun majburiy talabdir. Ushbu maqomning olinishi My Freighter reyslari orqali yuboriladigan yuklar parvozdan oldin Britaniya tomoni talablariga muvofiq xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilishini anglatadi.

ACC3 maqomining olinishi My Freighterning xalqaro yuk tashish yo‘nalishlarini kengaytirishdagi muhim qadamlardan biridir. Bu kompaniyaga Toshkentdan Buyuk Britaniyaga aviayuk tashish xizmatlarini xalqaro xavfsizlik talablariga muvofiq yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Natijada O‘zbekiston va mintaqadagi yuk jo‘natuvchilar hamda logistika kompaniyalari uchun Britaniya bozoriga chiqishning yangi imkoniyatlari yaratiladi.

Buyuk Britaniyaga parvozlar yaqin vaqt ichida boshlanadi. Reyslar jadvali qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Yuk tashish xizmatlarini bron qilish va mavjud yuk sig‘imi bo‘yicha kompaniyaning tijorat bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin:

cargo.sales@centrum-air.com

cargo@centrum-air.com




instagram

Barcha so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Instagram sahifamizga obuna bo'ling.