
25 Sentabr 2025
Jo'natmoq
2025-yil 23–24-sentyabr kunlari Toshkentda Central Asia Air Cargo Summit 2025 bo‘lib o‘tdi. Mintaqaning muhim sanoat tadbiri aviakompaniyalar, logistika kompaniyalari, aeroportlar va OAV vakillarini birlashtirdi.
Sammitning asosiy maqsadi – bozorning zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilish, infratuzilmani rivojlantirish, logistika hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi tranzit havo yo‘llarini mustahkamlash choralarini ko‘rib chiqish edi. Forum doirasida konferensiyalar, ko‘rgazmalar va tajriba almashish, shuningdek sektorning kelajakdagi o‘sishi uchun strategik rejalar ishlab chiqishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Sammit doirasida My Freighter kompaniyasi CEO maslahatchisi (operatsion samaradorlik bo‘yicha) Vitaliy Andreyev spikerlardan biri sifatida ishtirok etdi. U tadbirning birinchi sessiyasi moderatoriga va Central Asia + Aero nashri jurnalisti Maksim Pyadushkinga intervyu berdi.
Vitaliy Andreyevning ta’kidlashicha, Toshkent My Freighter uchun yangi yuk terminali rivojlanayotgani va texnik xizmat ko‘rsatish bazasi mavjudligi sababli asosiy xab hisoblanadi. U infratuzilma karqo segmentidagi raqobatbardoshlikni belgilab berishini alohida qayd etdi, shuningdek, xalqaro hamkorlik va interline-shartnomalarining ahamiyati haqida gapirdi. Bu shartnomalar tashuvlar geografiyasini kengaytirish va Yevropadan reyslarning yuklanishini ta’minlash imkonini beradi.
«Ishonamizki, Markaziy Osiyoda aviatsion yuk tashishdagi raqobat kelajagi infratuzilma – floti, malakali xodimlari, yuk terminali ishlab chiqarish quvvatlari va texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli mijozlarga barqaror servis taqdim etish va O‘zbekistonning mintaqada yuk aviatsiyasi markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlash maqsdida My Freighter aynan mazkur yo‘nalishlarga faol investitsiya kiritmoqda».