myFreighter logo
AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarYangiliklarBlogKontaktlar
+998 55 518 88 88
MyFreighter

O‘z tovarlaringizni biz orqali yetkazishni boshlang!

Kompaniya

AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarFAQBiz bilan bog‘lanishVakansiyalarYangiliklarBlog
Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati

Biz bilan bog‘lanish

addressBuyuk Ipak yo‘li shoh ko‘chasi 262, 100123, Toshkent sh.
phone+998 55 518 88 88
email
Havo yuk tashish:cargo.sales@centrum-air.com
Maxsus charterlar:cargo@centrum-air.com

© 2026 My Freighter. Barcha huquqlar himoyalangan

  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. My Freighter Transport Logistic China ko‘rgazmasida
my-freighter-transport-logistic-china-2026

My Freighter Transport Logistic China ko‘rgazmasida

7 Iyul 2026

share

Jo'natmoq


Markaziy Osiyodagi yirik yuk aviatashuvchisi va Centrum Holding tarkibiga kiruvchi My Freighter kompaniyasi 24–26-iyun kunlari Shanxayda bo‘lib o‘tgan hamda butun dunyodan soha mutaxassislarini jamlagan yetakchi logistika ko‘rgazmalaridan biri — Transport logistic, project cargo & air cargo China 2026 ko‘rgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ko‘rgazmada Centrum Holding nomidan Holdingning logistika kompaniyasi — Centrum Global Logistics ham qatnashdi.

Tadbir doirasida kompaniya jamoasi amaldagi va yangi hamkorlar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazib, yuk aviatsiyasi, multimodal tashuvlar va logistikani rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Ushbu ko‘rgazmadagi ishtirok Centrum Holding kompaniyasining xalqaro miqyosdagi ishtirokini kengaytirish hamda global avialogistika bozorida yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga bo‘lgan doimiy intilishini aks ettiradi.

Centrum Holding haqida

Centrum Holding — logistika va transport sohasidagi xalqaro integratsiyalashgan kompaniyalar guruhi. Guruhning bosh qarorgohi BAAda joylashgan bo‘lib, u havo va yer usti yuk logistikasi, yo‘lovchi aviatsiyasi hamda boshqa faoliyat yo‘nalishlarini (ishlab chiqarish) birlashtiruvchi diversifikatsiyalangan platformani boshqaradi. Guruhning asosiy operatsiyalari O‘zbekistonda joylashgan, xizmatlar esa butun dunyo bo‘ylab mijozlarga taqdim etiladi. Guruh Osiyo va Yevropani bog‘lovchi Markaziy Osiyodagi logistika va transport sanoatining yetakchi ishtirokchisiga aylanishni maqsad qilgan.

Centrum Holding tarkibiga My Freighter, Centrum Air, Centrum Solutions PTE, UzLogistic, Angren Logistic Markazi, UzKoram va Centrum Holidays kompaniyalari kiradi.


instagram

Barcha so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Instagram sahifamizga obuna bo'ling.