myFreighter logo
AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarYangiliklarKontaktlar
MyFreighter

O‘z tovarlaringizni biz orqali yetkazishni boshlang!

Kompaniya

AsosiyBiz haqimizdaXizmatlarFAQBiz bilan bog‘lanishVakansiyalar
Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariTashish shartnomasi

Biz bilan bog‘lanish

address

Buyuk Ipak yo‘li shoh ko‘chasi 262, 100123, Toshkent sh.

phone+998 55 518 88 88
email
Havo yuk tashish:cargo.sales@centrum-air.com
Maxsus charterlar:cargo@centrum-air.com

© 2026 My Freighter. Barcha huquqlar himoyalangan

  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. My Freighter ko‘p tomonlama interlayn kelishuviga (MITA) qo‘shildi
myfreighter-mita-interlayn-shartnomasi

My Freighter ko‘p tomonlama interlayn kelishuviga (MITA) qo‘shildi

30 Aprel 2025

share

Jo'natmoq

My Freighter kompaniyasi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) homiyligida amalga oshirilayotgan MITA (Multilateral Interline Traffic Agreements) ko‘p tomonlama interlayn kelishuvining rasmiy ishtirokchisiga aylanganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Bu xalqaro yuk logistikasini rivojlantirishda muhim bosqichdir.

MITA’da ishtirok etish My Freighter’ga shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan boshqa aviakompaniyalar bilan alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzish zaruratisiz bir martalik tashishlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunday format, ayniqsa, murakkab logistika yo‘nalishlari sharoitida operatsion imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytiradi, tranzit tashishlarning moslashuvchanligi va samaradorligini oshiradi.


MITA’ga a’zolik My Freighter’ning global aviaqatnov tarmog‘i doirasida operatsion takomillashuvga va barqaror o‘sishga intilishini tasdiqlaydi. Biz hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va butun dunyo bo‘ylab mijozlarga yanada ishonchli, zamonaviy va integratsiyalashgan logistika yechimlarini taklif qilishni davom ettiramiz.

instagram

Barcha so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Instagram sahifamizga obuna bo'ling.